Surxon guruhi - Nima qilasiz qo`shiq matni

Qirmizi gulni quchib olsama,
Gul sharobin ichib olsama,
Ro`molingiz yechib olsama,
Nima qilasiz, ey, nima qilasiz? (x2)

Ko`nglingizni xushlab-xushlab,
Qo`lingizdana asta ushlab,
Ishq bog`iga ketsam boshlab,
Nima qilasiz, hey, nima qilasiz?

Nima qilasiz, hey, nima qilasiz,
Nima qilasiz, hey, nima qilasiz? (x2)

Boshingizdan gullar sochsam,
Dilimdagini sizga ochsam,
Noz qilsangiz kulib qo`ysam,
Nima qilasiz, hey, nima qilasiz?

Ko`kda oy ham rozi bo`lsa,
Yulduzlarda nozi bo`lsa,
Sevgimiz ovoza bo`lsa,
Nima qilasiz, hey, nima qilasiz?

Nima qilasiz, hey, nima qilasiz,
Nima qilasiz, hey, nima qilasiz? (x2)

Qadamingiz mayda desam,
Mahallangiz qayda desam,
Uyingizga izlab borsam,
Nima qilasiz, hey, nima qilasiz? (x2)

Qirmizi gulni quchib olsama,
Gul sharobin ichib olsama,
Ro`molingiz yechib olsama,
Nima qilasiz, ey, nima qilasiz? (x2)

Nima qilasiz, hey, nima qilasiz,
Sovchi qo`ysam, hey, nima qilasiz? (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]