Suxrob Kenjaev - Seni sevaman qo`shiq matni

Sochlaringdek tun cho`kib,
Yulduzlari chiqqanda peshvoz,
Yuraklar hisga to`lib,
Ko`zlaringga termulsam bir oz.

Ikkimiz oq qush bo`lib,
Sevgi uzra etamiz parvoz.
Majnunman seni ko`rib,
Azizam.

Seni sevaman, ko`zlarimga begona uyqu,
Seni sevaman, qalbimda shu yagona tuyg`u.
Seni sevaman, sevgi borki yo`q menda qayg`u,
Seni sevaman, faqat seni sevaman.

Chechaklarin erkalab,
Maysalari bo`y cho`zgan bahor,
Har tong, har kun ertalab
Yo`limizda yoyganda gulzor.

Sabo sochlaring silab,
Lablaringga lablarim xumor,
Shirin bir bo`sa tilab,
Azizam.

Seni sevaman, ko`zlarimga begona uyqu,
Seni sevaman, qalbimda shu yagona tuyg`u.
Seni sevaman, sevgi borki yo`q menda qayg`u,
Seni sevaman, faqat seni sevaman.

Seni men yurakdan sevdim, sevgim, ye-ey,
Seni men qalbimdan sevdim, hou-vou,
Mening ko`nglim, mening sevgim.

Seni men yurakdan sevdim, sevgim, hou,
Seni men qalbimdan sevdim, hou-vou,
Mening gulim, mening sevgim.

Seni sevaman, ko`zlarimga begona uyqu,
Seni sevaman, qalbimda shu yagona tuyg`u.
Seni sevaman, sevgi borki yo`q menda qayg`u,
Seni sevaman, faqat seni sevaman.

Seni sevaman…




Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Shohruhxon - Men seni sevaman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:02Скачать
Munisa Rizayeva - Taqdir qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:45Скачать
Maryam Gafurova - Bahor qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:43Скачать
Leyli - Sevaman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:40Скачать
Dilso`z - Jonimni ozori qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:28Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.