Tamila - Ana yana san qo`shiq matni

Ko`zlaring tunda uyqu bilmasa,
Yurak qurg`ur o`ynab-o`ynab tinmasa,
Nigohing bir nuqtadan jilmasa,
Parishonlik xayolingni qiynasa,
Rad etma, chindan sevib qolibsan,
Ko`zlaringdan, yuzlaringdan namoyon.
Oh, qalbingga bitmas dardni solibsan,
Alg`ov-dalg`ov so`zlaringdan ham ayon.

Ana, ana, yana san,
Yona, yona yonasan,
Nima desa tonasan,
Budir sevgi!
Ana, ana, yana san
Negadir quvonasan.
Nega-nega tonasan?
Budir sevgi!

Goh muzlab, goho oshar harorat,
Bemadorsan, bo`lsang hamki salomat.
Bir lahza topolmasang halovat,
Bilib qo`ygin, bu sevgidan alomat.
Rad etma muhabbating yashirib,
Yuragingga azob berib qiynama.
Bekordan qayg`u-darding oshirib,
Hech kim bilmay qolar deya o`ylama.

Ana, ana, yana san,
Yona, yona yonasan,
Nima desa tonasan,
Budir sevgi!
Ana, ana, yana san
Negadir quvonasan.
Nega-nega tonasan?
Budir sevgi! (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]