Tamila - Bag’ringga bos qo`shiq matni

Yog`ganida yomg`irlar,
Har tomchisi muhabbatim timsoli,
Erkalar sezasanmi sochlaringni
Tonglar sevgim shamoli.

Sen quyoshsan, ko`zlarimda botgan,
Sen ohimsan, yuragim aytayotgan.
Hayotimning mazmuni, ma`nosisan,
Ehtirosimsan.

Bag`ringga bos, bu dunyoni unutay,
Bag`ringga bos, seni his etay.
Bag`ringga bos, bu dunyoni unutay,
Nigohlaring ila so`zlashay.

Hamma soatlar to`xtasin,
Zamin ham aylanmasin,
Biz birga bo`lsak,
Biz birga bo`lsak sen bilan.

Sen oysan, tunlarimda yo`llarimni
Nurlar ila yoritgan,
Sen yuragimdagi sevgi deb atalgan
Tuyg`ularni bor etgan.

Men quyoshman, ko`zlaringda botgan,
Men ohingman, yuraging aytayotgan.
Hayotingning mazmuni, ma`nosiman,
Ehtirosingman.

Bag`ringga bos, bu dunyoni unutay,
Bag`ringga bos, seni his etay.
Bag`ringga bos, bu dunyoni unutay,
Nigohlaring ila so`zlashay.

Hamma soatlar to`xtasin,
Zamin ham aylanmasin,
Biz birga bo`lsak,
Biz birga bo`lsak sen bilan. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]