Tamila - Ko’rgim kelar qo`shiq matni
Necha-necha kun (jonim)
 Suratingga termularman jim,
 Tunlarim uzun,
 Seni deb men aqldan ozdim.
Ayta olsaydim (jonim)
 Seni qanday sog`inishimni,
 Bilmayman ammo
 Jonim, qanday ovunishimni.
Nima istaydi yuragim mendan?
 Xabar bo`lmasa, ey zolim sendan.
Kel, seni ko`rgim kelar,
 Yoningda bo`lgim kelar,
 Ayni damda nimalar bilan
 Bandsan, bilgim kelar.
Sog`inarman tunu kun,
 Nega baribir sen uchun?
 Aytgin, bu dunyoda
 Nimalar senga mendan ustun?
Kimnikidir ayt,
 Meniki bo`lmagan kulgular?
 Kimnikidir ayt,
 Menga sen bermagan tuyg`ular?
E`tiboring yo`q (jonim)
 Seni qilgan rejalarimga,
 Kelib ma`no ber
 Bu azobli kechalarimga.
Gado yaratar bu sevging mendan,
 Xabar bo`lmasa, ey zolim sendan.
Kel, seni ko`rgim kelar,
 Yoningda bo`lgim kelar,
 Ayni damda nimalar bilan
 Bandsan, bilgim kelar.
 Sog`inarman tunu kun,
 Nega baribir sen uchun?
 Aytgin, bu dunyoda
 Nimalar senga mendan ustun? (x3)

