Tavakkal Qodirov - Dog’man qo`shiq matni

Ko`rdim yuzingni, qolmadi bir zarra toqatim,
Tun kechalarda yo`q maning bir dam farog`atim.
Zahru beshakga og`zima ketdi halovatim,
Bilmas kishi tani bilan chekgan nadomatim,
Hajringda dardu g`am bilan hasratda dog`man.

Ishqingda zor bo`ldimu, g`amgin dimog`man, {x2}
Bemori furqatingmanu, zohirda sog`man.
Aqlu-hushim saning bila, o`zdin yiroqman,
Ko`rsat yuzingni, tolibi nuri charog`man,
Hajringda dardu g`am bilan hasratda dog`man. {x2}

O`ldim jamoling shavqida, darding ololmadim,
Boshingdan, ey sanam, nega men o`rgilolmadim?
Bir lahza ishrat uyida majlis qurolmadim,
La`li labingning qandini bir dam so`rolmadim,
Hajringda dardu g`am bilan hasratda dog`man. {x2}

Sensan parivash ahlining sho`xi zamonasi,
Menman sening g`aming bila olam afsonasi.
Ko`ngul xushining boisi, changu taronasi,
Zulfingning domi-yu yana xolingning donasi,
Hajringda dardu g`am bilan hasratda dog`man. {x2}

Zolim falak firoqingga soldi meni, netay,
Qandoq g`amingni siynada eldin nihon tutay?
Sabru qarorim qolmadi, ey jon, nechun, netay?
Majnuni bedavo kibi yo bosh olib ketay,
Hajringda dardu g`am bilan hasratda dog`man. {x2}

O`lsam edi visolingga parvonadek kuyub,
Jon bersam erdi boshimni ostonangga qo`yub.
Maxmurlikda bodayi vasling bila to`yub,
Noqisligimda ko`ksimni tiyrimijang o`yub,
Hajringda dardu g`am bilan hasratda dog`man. {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: uzhits.net@mail.ru