Tavakkal Qodirov - G’unchamidi qo`shiq matni

Dilbarim, la`lilaring labmidi, g`unchamidi? {x2}
Qirmizi rang yuzlaring yo shirmoyi kulchamidi? {x2}

Tob berolmay, lol qolurman shahlolaringning oldida, {x2}
Ko`zlaringning shu`lasi lovullagan kunchamidi? {x2}

Aqlu hushim chirmagan kokillaring har tolasi,
Buncha ham tim qoradur yo zim-ziyo tunchamidi?

Men vafodan so`zlasam, ishvalaring jonim yoqar,
Hijronu sitamlaring ag`yor kulgunchamidi? {x2}

Tunlari bedor kutgan gulgun visoling muddati,
Qayg`u bilmas yuragim hijronga to`lgunchamidi?

Yo`llaringga ko`z tutarman, nega boqmaysan menga,
Vaslingga zor yigitning qiymati shunchamidi?

Dilbarim, la`lilaring labmidi, g`unchamidi?
Labmidi, g`unchamidi?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]