Tavakkal Qodirov - O’xshaydiku qo`shiq matni
O`ylasam, shu dilbarim, makkorga o`xshaydi-ku, {x2}
Rahmi yo`q bir bevafo dildorga o`xshaydi-ku. {x2}
Ul kuni ko`ngil niqobin ochibon man xastani,
Ishqidin bo`ynimga solgan dorga o`xshaydi-ku. {x2}
To bu dam olmas xabar, bo`ldi yuraklar chok-chok,
Sho`xi zolim xiyla dilozorga o`xshaydi-ku.
Nargizi aylay muruvvat, desa qo`ymas ko`zlari,
Xanjari mujgonlari xunxorga o`xshaydi-ku.
O`zicha qilmas manga buncha jafo-yu jabrini,
Anga o`rgatgan magar ag`yorga o`xshaydi-ku.
Endi, jon, qilg`il sabrlar, necha yillar kelmadi,
Man kabi bechoradin bezorga o`xshaydi-ku.
O`ylasam, shu dilbarim, makkorga o`xshaydi-ku,
Rahmi yo`q bir bevafo dildorga o`xshaydi-ku. {x2}
Читать также
Комментарии (0)