Tavakkal Qodirov - Sarvinoz qo`shiq matni

Tashnalik nazdimda rohat, Sarvinoz,
Tashnalik o`zga saodat, Sarvinoz.
Tashnalik hordiq, halovat, Sarvinoz,
Senga bilmam, menga odat, Sarvinoz.

Tashnalik diydoringga eltar meni,
Chashmayi noyob bo`lib o`rtar meni.
O`rtab-o`rtab, komiga tortar meni,
Ishq ila makring nihoyat, Sarvinoz.

Umrbod de: qolmasin bu tashnalik,
Qonmasin hech, so`nmasin bu tashnalik.
Qonsa qonsin, tonmasin bu tashnalik,
Tashnalikdandur qanoat, Sarvinoz.

Tashnalik borki, o`zimda, sandaman,
Tashnalik birlan sanga arzandaman.
Sen qo`shiqsan, men esa xonandaman,
Sen bilan topgum farog`at, Sarvinoz.

Sen hamisha tashnalik parvozida,
Tashnalik birla ko`ngullar rozida.
Sen Turob, Hamid, Tavakkal sozida,
Baxtu iqbolingga omad, Sarvinoz.

Комментарии (1)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]