Tavakkal Qodirov - Toshkent irog’i qo`shiq matni

Sadog`angman, hay jon, asiringman nigorim,
Manam Majnuni ishq, do`stlar ki, bir Layloni izlarman.

Jamoli gul, sochi sumbul, ko`zi shahloni izlarman,
Ajab bir tiyra dildurman, qamar siymoni izlarman.

Meni ishqida zor etgan, qadi zeboni izlarman,
O`shandoq ofatijon sho`xi beparvoni izlarman.

Sadog`angman, hay jon, hay yor-a…

Asiri gul yuzidurman, jahon gulzorini naylay,
Anga ko`nglimni oldirdim, bo`lak dildorini naylay.

Deyarga sirni mahram yo`q, bu g`am izhorini naylay,
Malomat qilsa qilsun el, olar guftorini naylay.

Kechibman oru nomusdin, o`shal barnoni izlarman.
Sadog`angman, hay jon, hay yor-a…

Yoronlar, ul parivash ishqining devonasi bo`ldim,
Berib barbod aqlimni, xirad begonasi bo`ldim.

Ko`rib husni charog`ini, yonib parvonasi bo`ldim,
Netay, Miskin kabi xalqi jahon afsonasi bo`ldim.

Jununim ayb qilmanglar, mohi anqoni izlarman,
Hay yor-ey, hay jon-ey.

Sadog`angman, hay jon, asiringman nigorim…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]