Tavakkal Qodirov - Zeboni ko’ring qo`shiq matni

Sahnada zeboni ko`ring,
Sho`xi diloroni ko`ring, (x2)
Jon ofati bo`lmasa-chi,
Nozi tamannoni ko`ring. (x2)

Oshig`ini o`tga yoqqan,
Rahmi yo`q oshnoni ko`ring, (x2)
Tohiri, Farhodi qani,
Shirini, Zuhroni ko`ring. (x2)

Cho`lga urug` soldi, o`sib,
Endi bu sahroni ko`ring,
O`zi shirin, so`zi shirin,
Qalbida daryoni ko`ring.

Ko`rdi-yu bir, bo`ldi ado,
Ko`hna bu dunyoni ko`ring.
To`y bo`ladi, to`y bo`ladi,
Bazmi tomoshoni ko`ring.

To`y bo`ladi, to`y bo`ladi,
Bazmi tomoshoni ko`ring.

Sahnada zeboni ko`ring,
Sho`xi diloroni ko`ring, (x2)
Jon ofati bo`lmasa-chi,
Nozi tamannoni ko`ring. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]