Tohir Usmonov - Bas qil qo`shiq matni
Ko`ngil berdim, ado bo`ldim,
Es-xushimdan judo bo`ldim.
Kechalari ana uxlay olmay
Benavo bo`ldim.
Mani mohim, dil bayramim,
Iltimoslaring g`alati.
Farqi yo`q yetar-yetmas qurbim,
Talabing bitmaydi.
Bas qil, bas-da bas, unaqamasda,
Yorim, meni yugur-yugurga solma.
Mastu mast-alast, boshim alastda,
Haddimga sig`maganin buyurma.
“Pichi-pichi” dema, eshitmayapman,
Imo-ishoralaringni anglolmayapman.
Erkaligingni ko`tarolmayapman,
Behazil, jonim-a. (x2)
Bas qil, bas-da bas, unaqamasda,
Yorim, meni yugur-yugurga solma.
Mastu mast-alast, boshim alastda,
Haddimga sig`maganin buyurma. (x2)
(Uni de, buni de, oldi de, berdi de,
Va`da berib qilmadi de, bu qanaqasi de.
Ana de, qani de, bo`ldi de, yana de,
Menga foyda kelmadi de) bu qanaqasi de. (x2)
Bas qil, bas-da bas, unaqamasda,
Yorim, meni yugur-yugurga solma.
Mastu mast-alast, boshim alastda,
Haddimga sig`maganin buyurma. (x2)