Tohir Usmonov - Janon-ey qo`shiq matni

Bunchalar dilga ozor bermasang,
Sarsoningman-o, parvo qilmasang,
Netarimni bilmay me`zon aroman,
Huzuringda yoqmas mehmon kabiman.

Sinama iltimosim, sinarman,
Abgoru mazlum, rangi somonman,
Tinglagin-o majnun dodim navosin,
Kamaytirma ko`ksu-siynam havosin.

Jonim mani, mohitabon, ruxsor-ey,
Qarab-qarab to`ymas go`zal jamol-ey.
Jonim mani, sog`intirgan diydor-ey,
Kulib-kulib jonim olar yoron-ey.

Jonim, jonu jahonim-o,
Mani mohim, janon-ey. (x2)

Og`irdir yigitning bosh balosi,
Talabim – ko`zlaringning qarosi,
Hursandman tabassum-la boqsang gar,
G`uboru dardimdan qolmas asar.

Oh mashuq, shu holga qo`y nihoya,
Umrim o`tmasin misoli fojiya,
Bundan ortari ortiq dilrabo,
Kel-ey, bezaklari zebu zar-o.

Jonim mani, mohitabon, ruxsor-ey,
Qarab-qarab to`ymas go`zal jamol-ey.
Jonim mani, sog`intirgan diydor-ey,
Kulib-kulib jonim olar yoron-ey.

Jonim, jonu jahonim-o,
Mani mohim, janon-ey. (x2)

(Jonim mani, mohitabon, ruxsor-ey,
Qarab-qarab to`ymas go`zal jamol-ey.
Jonim mani, sog`intirgan diydor-ey,
Kulib-kulib jonim olar yoron-ey.)

Jonim mani, mohitabon, ruxsor-ey,
Qarab-qarab to`ymas go`zal jamol-ey.
Jonim mani, sog`intirgan diydor-ey,
Kulib-kulib jonim olar yoron-ey.

Jonim, jonu jahonim-o,
Mani mohim, janon-ey. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]