Tojibar Azizova - Shaftoli qo`shiq matni

Shaftoli pishgach shoxlari
Ko’tarolmas mevasini.
Tushunmadi yorim mani,
Muhabbatim shevasini. (x2)

Yo’llariga qarab toldim,
Ne savdoni boshga soldim-ey? (x2)
Bilolmadim, sevib qoldim,
Ul yigitning nimasini. (x2)

Shaftoli pishgach shoxlari
Ko’tarolmas mevasini.
Tushunmadi yorim mani,
Muhabbatim shevasini.

Tushunmadi yorim mani,
Muhabbatim shevasini-yey.

Nahot sevib g’amga to’lsam,
To’g’rimikan gulday so’lsam? (x2)
Hey, qaniydi mohim bo’lsam,
Egallab ishq kemasini. (x2)

Shaftoli pishgach shoxlari
Ko’tarolmas mevasini.
Tushunmadi yorim mani,
Muhabbatim shevasini.

Tushunmadi yorim mani,
Muhabbatim shevasini-yey.

Mayli sevib bag’rim tilay,
Xofiz kabi qadrim bilay. (x2)
Mani sevsa, sovg’a qilay,
Xorazmning Xivasini. (x2)

Shaftoli pishgach shoxlari
Ko’tarolmas mevasini.
Tushunmadi yorim mani,
Muhabbatim shevasini.
Hey, tushunmadi yorim mani,
Muhabbatim shevasini-yey. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]