Toshpo`lat Matkarimov - Oq tulporim qo`shiq matni
Oq tulporim bor edi,
 Beklar unga zor edi.
 Ot demasman, u menga
 Ham do`stu ham yor edi.
Chuh, desam yer changitib,
 Samolarga uchardi.
 Yolin o`psam, tiz cho`kib,
 Kaftimda suv ichardi.
Yolin o`psam, tiz cho`kib-ey,
 Kaftimda suv ichardi.
Hovlimizga bir kuni
 Qarindoshlar kelishdi.
 To`y bahona otimdan
 Ayirmoqchi bo`lishdi.
To`y bahona otimdan-ey
 Ayirmoqchi bo`lishdi.
Otam: yigitsan, o`g`lim,
 Uylanmasang or, dedi.
 Qiz yarashar quchoqqa,
 Otga nima bor, dedi.
Qiz yarashar quchoqqa-ey,
 Otga nima bor, dedi.
Ot oldidan boshlandi
 Chimildiqqa yo`lakcha. (x2)
 Kechir, yorim, na qilay,
 Otga mehrim bo`lakcha. (x2)
Bormi bizdek oshiqlar,
 Bahorimda kuz yig`lar. (x2)
 Yorni suysam, ot yig`lar,
 Otni suysam, yor yig`lar. (x2)
Yordan kechdim otni deb,
 Elga bo`ldim ermaklar. (x2)
 Qaydan bilsin ot qadrin
 Ot minmagan erkaklar. (x2)
Oq tulporim bor edi,
 Beklar unga zor edi.
 Ot demasman, u menga
 Ham do`stu ham yor edi.
Oq tulporim bor edi… {x3}

