Ulug`bek Holiqov - Xato qo`shiq matni
So`nggi paytlar ko`zlaringda ne uchun,
O`zimni ko`ra olmadim?
Negadir so`nggi payt orzularingda
Men o`zimni ko`rmadim.
Nahotki shodligimiz umrin tugatib,
Sevgimiz sarson aylading.
Shuncha yillar qurgan sevgi qasrini
Bir zumda vayron aylading.
Mayli, mendan ket, bo`ldi bir xato,
Yolg`izlikda men toparman davo.
Balki, hammasi bo`lar edi o`zgacha,
Sening tanloving bo`lganida boshqacha,
Bo`lganida boshqacha.
O`tsa kunlar, yana o`tsa ham yillar,
Men seni unuta olmadim.
Sababsiz ayriliq, yongan ko`ngillar
Dardiga chiday olmadim.
Tunlari yonma-yon yongan yulduzimiz
Negadir yolg`iz bugun.
Baxtli parvoz etgan osmon qo`ynidan
Uzilib ketdimi butkul?
Mayli, mendan ket, bo`ldi bir xato,
Yolg`izlikda men toparman davo.
Balki, hammasi bo`lar edi o`zgacha,
Sening tanloving bo`lganida boshqacha,
Bo`lganida boshqacha. (x1+x1)