Ulug`bek Ismailov - Ket deb aytolmayman qo`shiq matni
Bir bora sevaman de, ko`p emas,
Bir bora senikiman de.
Sabrimni sinama,
Men ham seni deb bedorman deb ayt.
Or qilma, yuragim ezilar,
Vaqtim bekor o`tar,
Sen hali ham mag`rursan.
Charchadim, ko`nikdim,
O`zim uchun bildim –
Sen o`zingni sevasan.
Ket deb aytolmayman hech,
Yuragim ko`tarmas,
Ammo lekin bo`ldi kech.
O`tgan dam o`zgarmas,
Yaram yozilmas, xayr sevgilim.
Men o`zga olam, sen o`zga olam,
Mening yo`lim boshqa.
Yarimga dil kam, ichimda alam, hey…
Sen ham mehringni ber men kabi,
Kim nima ham der.
Aytdim-qo`ydim o`zim,
Ammo javobi jimjitlik xolos.
Yengildim, yuragim ezilar,
Vaqtim bekor o`tar,
Sen hali ham mag`rursan.
Charchadim, ko`nikdim,
O`zim uchun bildim –
Sen o`zingni sevasan.
Ket deb aytolmayman hech,
Yuragim ko`tarmas,
Ammo lekin bo`ldi kech.
O`tgan dam o`zgarmas,
Yaram yozilmas, xayr sevgilim.
Men o`zga olam, sen o`zga olam,
Mening yo`lim boshqa.
Yarimga dil kam, ichimda alam, hey…