Ulug`bek Ismailov - Rozi-rozi qo`shiq matni
Xomushlik qamragan qalbimni,
Xayollarimning bekatlarida
Sovuq shamol esdi.
Ketavergin sen meni tashlab,
Yalinmayman qolishing so`rab,
Ne bo`lsa ham endi bo`laversin,
Bilsang, afzalroq menga parvoz.
A sen ketaver,
Sen menga qarama!
Nega hayronsan?
Axir men rozi, rozi. (x2)
Hayronligingdan hayrondirman,
Axir senga yaxshi emasmidi?
Bir birimizdan dam olaylik derding,
Mana endi butunlay dam ol!
A sen ketaver,
Sen menga qarama!
Nega hayronsan?
Axir men rozi, rozi. (x2)
Tushunolmadim holatingni,
Negadir anglolmadim ahvolingni.
Sevgimiz barbod bo`lgan,
Harakat qilma tiklashga,
Endi sen meni o`ylama,
Xayr, mayli, baxtli yasha!
A sen ketaver,
Sen menga qarama!
Nega hayronsan?
Axir men rozi, rozi. (x4)
Axir men rozi, rozi…
Читать также
Комментарии (0)