Ulug`bek Ismailov - Sog’inganmisan qo`shiq matni

Bir-biri uchun yaralgan yurak,
Nima sabab olis yashashi kerak?
Bo`la olmaymiz biz birga,
Azobga uchradik ayt nega?

Deraza ortidan ma`yus termulaman,
Yolg`izman, ojizman sensiz yarimman.
Yoningga borgim kelar har on,
Endi jonim sen uchun kimman?

Orzudan ayrilgan armonday,
Yulduzi so`ngan osmonday,
Tunga yetmagan kunday,
Sog`inganmisan sog`inganimday?

Titragan lablar ismingni aytar,
Hattoki olov ham jonim muzlatar,
Dilda dardlarim to`lib yotar,
Sensiz har soniya sekin o`tar.

Qaniydi havoga aylanib qolsam,
Umrbod keraging, nafasing bo`lsam,
Mayin shamolday yuzing silasam,
Xarorating bag`rimda sezay.

Orzudan ayrilgan armonday,
Yulduzi so`ngan osmonday,
Tunga yetmagan kunday,
Sog`inganmisan sog`inganimday?

Seni unuta olaman
Aqlim yo`qotsam jonginam,
Balki voz kecha olaman
Yuragimdan o`chsang.

Orzudan ayrilgan armonday,
Yulduzi so`ngan osmonday,
Tunga yetmagan kunday,
Sog`inganmisan sog`inganimday?

Yomg`ir yog`magan sahroday,
Sohil topmagan daryoday,
Go`yo bo`m-bo`sh dunyoday,
Sog`inganmisan menday?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]