Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Ulug`bek Otajonov - Labingda dona xoling qo`shiq matni

Ulug`bek Otajonov - Labingda dona xoling qo`shiq matni

Labingda dona xoling,
Bilmam kimda xayoling,
Yuragim asir etgan
To`lin oydek jamoling.

Bu olamda yagona
Chiroying, husni oling,
Labdagi dona xoling.

Ko`zing charosga o`xshar,
Kulging kulsang yarashar,
Yursang qadamlaringga
Bahor gullarin yoyar.

Husningga husn qo`shar
Ikki qoshu hiloling,
Labdagi dona xoling.

Dilda ajib tuyg`ular,
Shirin-shirin orzular,
Har insonning qalbiga
Sevgi bir bor berilar.

Har doimo men seni
Yonimda ko`rgim kelar,
Har insonning qalbiga
Sevgi bir bor berilar.

So`zsiz xayolim olur
Guldek qaddu niholing.

Labingda dona xoling,
Bilmam kimda xayoling,
Yuragim asir etgan
To`lin oydek jamoling.

Bu olamda yagona
Chiroying, husni oling,
Labdagi dona xoling.

Har doimo men seni
Yonimda ko`rgim kelar,
Har insonning qalbiga
Sevgi bir bor berilar.

So`zsiz xayolim olur
Guldek qaddu niholing.

Labingda dona xoling,
Bilmam kimda xayoling,
Yuragim asir etgan
To`lin oydek jamoling.

Bu olamda yagona
Chiroying, husni oling,
Labdagi dona xoling.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]