Ulug`bek Rahmatullaev - Chaqaloqlar qo`shiq matni

Arimaydi ko`zimdan yosh,
Meva berdi sabru bardosh, (x2)
Borar yo`limni yoritding
Bag`rimdagi mitti quyosh. (x2)

Ko`zlarimning qarosisan,
Yuragimning sadosisan, (x2)
Sen bilmaysan, bolaginam,
Sen dadangning dunyosisan. (x2)

Chaqaloqlar, qo`g`irchoqlar,
Qo`zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemirayotgan ohu vohlar.
Chaqaloqlar, qo`g`irchoqlar,
Qo`zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Ezayotgan ohu vohlar.

Necha yillar kutdim bolam,
Necha dardlar yutdim bolam, (x2)
Jajji qo`lingdan bir o`psam,
Kulfatlar tark etdi bolam.

Chaqaloqlar, qo`g`irchoqlar,
Qo`zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemirayotgan ohu vohlar.
Chaqaloqlar, qo`g`irchoqlar,
Qo`zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Ezayotgan ohu vohlar.

Sen ko`z ochib ko`rgan dunyo
Gulga ko`milganday go`yo,
Endi bitdi g`am-anduhlar –
Menga farzand berdi xudo! (x2)

Chaqaloqlar, qo`g`irchoqlar,
Qo`zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemirayotgan ohu vohlar. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]