Ulug`bek Rahmatullaev - Do’st qo`shiq matni
Do`stimni esladim,
Diydorin qo`msadim,
Yaxshi-yomon kunda
Birga edik, do`st.
Orzu yo`limizda
Toshlardan yurardik,
Omading kelganda
Osmon bo`lding, ey do`st.
Do`st.
Hayot o`zi shunday –
Do`sting ko`p, zo`r bo`lsa,
Ostonangda go`yo
Begonaman, do`st.
Obro` deb chin do`stni
Ko`nglini og`ritsang,
Qolar atrofingda
Yolg`on dunyo, ey do`st.
Do`st.
Qayda bo`lsang har on
Mayli bo`lgin omon,
Sen uchun men yomon,
Aybim nima, do`st?
Kelgan omadimmi?
Rostin aytganimmi?
Nima tinch qo`ymaydi
G`ururingni, ey do`st?
Do`st.
Читать также
Комментарии (0)