Ulug`bek Rahmatullaev - Kabutarlar qo`shiq matni
Kabutarim ko`zlarida yosh,
Qo`llarimda joni so`nadi.
Bag`ritoshlar ko`zlab otdi tosh,
Maktubimni yoqib kuladi.
Ne bo`lsa ham yurak sevadi,
Bugun seni ko`rgim keladi.
Osmonlarda uchar oppoq kabutarlar,
Atrofimga qo`nib meni ovutarlar,
Dardim kuylayman endi shudir taqdirim,
Muhabbatim, muhabbatim. (x2)
Mana bugun ko`zlarimda yosh,
Sen tomonga uchgim keladi.
Vujudimni kuydirar quyosh,
Bulutlarni quchgim keladi.
Ne bo`lsa ham yurak sevadi,
Bugun seni ko`rgim keladi.
Osmonlarda uchar oppoq kabutarlar,
Atrofimga qo`nib meni ovutarlar,
Dardim kuylayman endi shudir taqdirim,
Muhabbatim, muhabbatim. (x2)
Osmonlarda uchar oppoq kabutarlar,
Atrofimga qo`nib dilim ovutarlar,
Dardim kuylayman endi shudir taqdirim,
Muhabbatim, muhabbatim.
Osmonlarda uchar oppoq kabutarlar,
Atrofimga qo`nib meni ovutarlar,
Dardim kuylayman endi shudir taqdirim,
Muhabbatim, muhabbatim. (x2)