Ulug`bek Rahmatullaev - Kapalak qo`shiq matni

Izlaringdan o`pay kapalak,
Ko`zlaringdan o`pay kapalak, (x2)
G`unchalarning labidan tomgan
So`zlaringdan o`pay kapalak.

Bir jonimga ming bitta jafo,
Gohi shohman, gohida gado, (x2)
Seni guldan, meni yordan
Ayirmasin mehribon Xudo. (x2)

Ko`zlaringdan o`pay kapalak,
Izlaringdan o`pay kapalak,
G`unchalarning yo`lida tomgan
So`zlaringdan o`pay kapalak,
So`zlaringdan o`pay kapalak.

Gulzor ichra izingdan chopdim,
Kapalagim, sendan mehr topdim, (x2)
Senku guling topding, men netay,
O`z dilimdan o`tli dod topdim. (x2)

Gulday go`zal gulim kapalak,
Senga yetmas qo`lim kapalak,
Termulaman ortingdan mahzun,
Kel jonimga qo`ngin kapalak,
Kel jonimga qo`ngin kapalak. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: uzhits.net@mail.ru