Ulug`bek Rahmatullaev - Ko’rmadim qo`shiq matni
Ko`rmadim hech bir chamanda
Sen kabi ra`noni man,
Zulfi tol-tol, so`zlari bol,
Ko`zlari shahloni man. (x2)
Ko`zlaring yalt etdiyu
Qalbimni nurga chulg`adi,
Oftobda ko`rgan edim
Bunchalar ziyoni man.
Oftobda ko`rgan edim
Bunchalar ziyoni man.
Shu qarog`lar otashida
Bor vujudim yonadur, (x2)
Ko`zlaringdan kutmagandim
Bunchalar jazoni man. (x2)
Ko`rmadim hech bir chamanda
Sen kabi ra`noni man,
Zulfi tol-tol, so`zlari bol,
Ko`zlari shahloni man. (x2)
Ishq seni devona qilgay deb
Achinmang, do`stlarim, (x2)
Mayli ko`rsam ushbu yo`lda
Turfa xil savdoni man. (x2)
Ko`rmadim hech bir chamanda
Sen kabi ra`noni man,
Zulfi tol-tol, so`zlari bol,
Ko`zlari shahloni man. (2x)
Ko`zlari shahloni man,
Yuzlari zeboni man…
Читать также
Комментарии (0)