Ulug`bek Rahmatullaev - Layloyimsan qo`shiq matni

Yangrar dilim qo`shig`i,
Menman gulim oshig`i,
Edim muxabbat hastasi,
Nafasim dard guldastasi, oshiqman.

Sho`x eding, beg`am edim,
Dard eding alam edim,
Kuyingda men sado edim,
Ko`yingda men ado edim.

Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda ro`yoyimsan.
Yuragim sof xavosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig`ing, majnuningman,
Ham umrbod maftuningman.

Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar,
Mastu, parishonu, xarob,
Har orzuim bo`lib sarob,
Shoyatki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.

Bo`lib ishq ovorasi,
Sevgidan qalbim porasi,
Eding saodat shodasi,
Beg`ubor kongil bodasi, oshiqman.

Moh eding, osmon edim,
Gul eding, bo`ston edim,
Kuyingda men sado edim,
Ko`yingda men ado edim.

Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda ro`yoyimsan.
Yuragim sof xavosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig`ing, majnuningman,
Ham umrbod maftuningman.

Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar,
Mastu, parishonu, xarob,
Har orzuim bo`lib sarob,
Shoyatki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]