Ulug`bek Rahmatullaev - Meni kechir qo`shiq matni
Meni kechir, xato qildim, meni kechir,
Seni baxtdan judo qildim, meni kechir.
Kirib qoldim xiyonatning ko`chasiga,
Or-nomusni savdo qildim, meni kechir. (x2)
Dilda endi umid yo`q bir dastagina,
Yurakkinam yig`lar endi astagina,
Bosh ko`tarib yurolmaysan endi mendek,
Xastagina gulim mening, xastagina.
Yurar bo`lsam, kutar meni xazon yo`llar,
Yolg`on yo`llar, gumon yo`llar, arzon yo`llar.
Nima qilay, nima qilay, nima qilay?
Pushaymonlar yuragimni g`ajiyverar.
Yig`lamagin, chidaymiz-da, taqdir endi,
Mendan ko`ra senga ko`proq og`ir endi.
Baxtsiz qolding nahotki, sen meni o`ylab?
Yongin endi, dod sol endi, hayqir endi!
Meni kechir, xato qildim, meni kechir,
Seni baxtdan judo qildim, meni kechir.
Kirib qoldim xiyonatning ko`chasiga,
Or-nomusni savdo qildim, meni kechir.
Meni kechir, xato qildim, meni kechir…
Kirib qoldim xiyonatning ko`chasiga…
Meni kechir, xato qildim, meni kechir,
Qiynayverib ado qildim, meni kechir.
Bergan eding menga oppoq ko`nglingni sen,
Yuzlaringni qaro qildim, meni kechir.
Meni kechir, xato qildim, meni kechir…
(Kechir…)