Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Ulug`bek Rahmatullaev - Nega ma’yussan qo`shiq matni

Ulug`bek Rahmatullaev - Nega ma’yussan qo`shiq matni

Sevgilim, bu oqshom – visol kechasi,
Ikkimiz zor kutgan diydor kechasi,
Ko`ngillar uchrashgan xumor kechasi,
Nega ma`yussan, nega ma`yus?

Yonimda bo`lsang ham, go`yo yolg`izsan,
Kemasin yo`qotib qo`ygan dengizsan,
Tunlar boshimda nursan, yulduzsan,
Nega ma`yussan, nega ma`yus?

Jonim, nega ma`yussan?
Yorim, nega ma`yussan?
Jonim, nega ma`yussan?
Aytgin, nega ma`yussan?

Seni buncha nima qiynamoqda, ayt?
Yashashni o`rgatgin g`amga qasdma-qasd!
Qalbing o`rtamoqda bilmam qanday dard,
Nega ma`yussan, nega ma`yus?

Jonim, nega ma`yussan?
Yorim, nega ma`yussan?
Jonim, nega ma`yussan?
Aytgin, nega ma`yussan?

Yoki mendan xato o`tdimi?
Biror gapim og`ir botdimi?
Yoki seni boshqalar ranjitdimi?
Nega ma`yussan, nega ma`yus?

Bunga chidolmayman – ichim yomon tor,
Buncha qiynaguncha jonimni ol.
Mening aybim nima, bu nima ahvol?
Nega ma`yussan, nega ma`yus?
Jonim…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]