Ulug`bek Rahmatullaev - Omadim kelmadi qo`shiq matni
Omadim kelmadi sevgi bobida,
 Inson goh ojizdir hayot oldida,
 Sevgimga yetolmay egildi boshim,
 Aylanar bildirmay ko`zimda yoshim.
 Sevgimga yetolmay egildi boshim,
 Aylanar bildirmay ko`zimda yoshim.
Hayot goh shirindir, gohida taxir,
 Inson o`z taqdirini bilolmas axir,
 Ulkan tog`larga hech qilmay e`tibor
 Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor.
 Ey, ulkan tog`larga hech qilmay e`tibor
 Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor.
Omadim kelmadi sevgi bobida,
 Inson goh ojizdir hayot oldida,
 Sevgimga yetolmay egildi boshim,
 Aylanar bildirmay ko`zimda yoshim.
 Sevgimga yetolmay egildi boshim,
 Aylanar bildirmay ko`zimda yoshim.
Yongan yuragimni asta silayman,
 Ushal bevafoning baxtin tilayman,
 Hayot achchiq so`zini qancha aytmasin
 Hech kimdan taqdirning o`zi qaytmasin.
 Hayot achchiq so`zini qancha aytmasin
 Hech kimdan taqdirning o`zi qaytmasin.
Omadim kelmadi sevgi bobida,
 Inson goh ojizdir hayot oldida,
 Sevgimga yetolmay egildi boshim,
 Aylanar bildirmay ko`zimda yoshim.
 Sevgimga yetolmay egildi boshim,
 Aylanar bildirmay ko`zimda yoshim.
Dunyo o`zi keldi garchi quvmadim,
 Ko`zlarim yoshiga qo`lim yuvmadim,
 Yo`limni poyladilar qancha sanamlar
 Lek, lek bir go`zalni deb dilda alamlar.
Aylanar bildirmay ko`zimda yoshim…

