Ulug`bek Rahmatullaev - Qaytar dunyo qo`shiq matni

Uzun-qisqa hikoya aytar dunyo deydilar,
Unutma do’st, hamsoya, qaytar dunyo deydilar.
Vafodor vafo topgay, jafokor jafo topgay,
Kim do’st ildizin chopgay, pushaymonlar yeydilar.

Vafodor vafo topgay, jafokor jafo topgay,
Kim do’st ildizin chopgay, pushaymonlar yeydilar,
Qaytar dunyo deydilar.

O’zga sirin qilar fosh, g’iybatchi bedil, bebosh, {x2}
O’zlariga tegsa tosh, tillarini tiydilar,
Qaytar dunyo deydilar.

Ota qaddin bukkanlar, ona yoshin to’kkanlar,
O’lmay kafan tikkanlar, o’z umrini qiydilar.
Padar qaddin bukkanlar, ona yoshin to’kkanlar,
O’lmay kafan tikkanlar, o’z umrini qiydilar,
Qaytar dunyo deydilar.

Aldab yori yorini, toptab nomus-orini,
Bilmayin bir birining ko’zlarini o’ydilar.
Otar quyosh, oylar ham, quriydi shox, soylar ham,
Manman degan boylar ham, juldur libos kiydilar.
O’z so’zini baribir aytar dunyo deydilar,
Qilma hech kimga jabr, qaytar dunyo deydilar.

Kulma birov holiga, nochorning ahvoliga,
Qolma dil uvoliga, dilozorlar kuydilar.
Qaytar dunyo deydilar, (qaytar dunyo deydilar)
Qaytar dunyo deydilar.

Uzun-qisqa hikoya aytar dunyo deydilar,
Unutma do’st hamsoya, qaytar dunyo deydilar.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Ulug`bek Rahmatullaev - Qaytar dunyo qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ark guruhi - Qaytar dunyo128 kbps25-09-2015, 16:13Скачать
Irodaxon - Qaytar dunyo128 kbps4-06-2015, 00:34Скачать
Iroda Qurbonova - Qaytar dunyo128 kbps4-06-2015, 00:27Скачать
Zeynab - Qaytar dunyo (uzhits.net)128 kbps16-03-2015, 12:31Скачать
Xurshid Rasulov - Qaytar dunyo128 kbps25-01-2015, 19:35Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.