Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Ulug`bek Rahmatullaev - Sevgi balki bu jannat qo`shiq matni

Ulug`bek Rahmatullaev - Sevgi balki bu jannat qo`shiq matni

Bu go`zal gulzordan
Tanlovim – gulli tikan,
Adashdim yagonam
Sen emas, o`zga ekan.

Ammo yetganda tanlov soati
Sevgiga qolmas imkon,
Lek taqdir ekan vafosiz sevgi,
Sen bo`lding menga armon.

Sevgi balki bu – jannat,
Sevgi balki bu – qismat,
Nafrat bilan muhabbat
Yonma-yon turar, qiynar beshafqat. (x2)
Orzular…

Orzuli lahzalar
Yiroq bo`lgandi mendan,
Hayotim boshlandi
Seni uchratgan kundan.

Chekindi qayg`u, uyg`onar ezgu
Tilaklar senla bo`lsam.
Yolg`iz qalbimga
Nozik bir tuyg`u uyg`onar seni ko`rsam.

Sevgi balki bu – jannat,
Sevgi balki bu – qismat,
Nafrat bilan muhabbat
Yonma-yon turar, qiynar beshafqat. (x2)
Orzular…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]