Ulug`bek Rahmatullaev - Sog’inib qo`shiq matni
Uchrashib daryo bo`yida,
Qo`l ushlashib yurar edik,
Majnuntollarning bag`rida
Shirin xayol surar edik.
Sog`inib tonglar otguncha,
Kutaman quyosh botguncha.
Yarim ko`nglim to`lmas ekan,
Yig`larman daryo to`lguncha. (x2)
Uchrashib daryo bo`yida,
Sevgimizni asrar edik,
Ravo ko`rmaslar qahridan
Ko`priklarsiz qolar edik.
Sog`inib tonglar otguncha,
Kutaman quyosh botguncha.
Yarim ko`nglim to`lmas ekan,
Yig`larman daryo to`lguncha. (x4)
Yarim ko`nglim to`lmas ekan,
Yig`larman daryo to`lguncha…
Читать также
Комментарии (0)