Ulug`bek Rahmatullaev - Yoshlik qaytmaydi qo`shiq matni
Qishda mayin qorlarga qarayman,
Muzlagan daryolarga o`xshayman,
Bahorda g`unchalarga qarayman,
Maftun bo`lib yoshlikni qo`msayman.
Qaytar qish, bahorlar, yozu kuzlar,
Lekin yoshlik qaytmas ekan, do`stlar.
Fasllar chiroyidan izlayman,
Beg`am o`tgan damlarni eslayman. (x2)
Yozda taftli quyoshga qarayman,
Shamolsiz dengizlarga o`xshayman,
Kuzning yomg`irlarini tinglayman,
Uchib ketgan yillarni sanayman.
Qaytar qish, bahorlar, yozu kuzlar,
Lekin yoshlik qaytmas ekan, do`stlar.
Fasllar chiroyidan izlayman,
Beg`am o`tgan damlarni eslayman. (x4)
Fasllar chiroyidan izlayman,
Beg`am o`tgan damlarni eslayman.
Читать также
Комментарии (0)