Ulug`bek Rahmatullaev - Yurak qo`shiq matni
Ey yurak, ko`p hovliqma,
Bas, ko`ngin taqdir farmoniga.
Aslo yurak qilma havas,
Qasd qilguvchi o`z joniga.
Ey yurak, yig`lama yetar,
Bu alamlar bir kun bitar.
Mayliga yor ketsa ketar,
Begona yorning yoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o`yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o`yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor.
Ko`zlarim yosh qildi xira,
Ko`zlarim ishq qildi xira.
Arzimas bevafo sira
Bo`lmoqqa dil armoniga.
Ey yurak, buncha o`ynama,
Bu jafokorni o`ylama.
Intilma endi, bo`ylama,
Bezalgan yor ayvoniga.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o`yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o`yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor. (x3)
Ey yurak…