Umar Shamsiyev - Ayol qo`shiq matni

Mehr-muruvvatmi ismi ayolning,
Yoki sabru toqat, matonatmikan?
Yuragida cheksiz muhabbat bilan
Yashar dilin tirnab tursa ham tikan. (x2)

Ayolning ko`zlari dengizga o`xshar,
Tubsiz o`z domiga tortar nigohi.
Ayol faqat farzandlarim deb yashar,
Ular kamoli deb nola-yu ohi.

Ayol, ayol, ayol, mo`jiza ayol,
Ayol, ayol, ayol, mo`jiza ayol.

Gulday nozikkina vujudi bilan
Qancha iztirobga kelar basma-bas,
Baxtin kutar orzu umidi bilan,
Bardoshiga tog`lar qilgaydir havas.

Mo`jiza izlamang dunyodan bo`lak,
Bir bor tinglang ajib, shirin har so`zi.
Taftidan eriydi muzlagan yurak,
Axir mo`jizaku ayolning o`zi.

Ayol, ayol, ayol, mo`jiza ayol,
Ayol, ayol, ayol, mo`jiza ayol. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]