Umida Mirhamidova - Oq atirgullar qo`shiq matni
O`tar umr, o`tadi kunlar,
Yashar baxtsiz, baxti butunlar, (x2)
Ey, mening adashgan, bechora baxtim,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Bilsang yurakda dog`im bor mening,
Dog`imdan qolgan bir bog`im bor mening. (x2)
Unutish uchun o`tsa ham yillar,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog` atirgullar.
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Chorlaydi sen tomon meni bu gullar.
Bir qush bo`lib parvona qilding,
Es-hushimdan ham devona qilding, (x2)
Ul kundan abgor, devona dillar,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Tan berib taqdirga qul bo`ldim o`zim,
Suymagan bulbulga gul bo`ldim o`zim, (x2)
Borim deb atashga ojiz bu tillar,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog` atirgullar.
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Boshlaydi sen tomon meni bu yo`llar.
Qaylarda eding sen yoshligimda,
Nega uchramading beboshligimda? (x2)
Uchrading yurakka to`ldirib sirlar,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog` atirgullar.
Oq atirgullar, o`sha oq atirgullar,
Chorlaydi sen tomon meni bu gullar.
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog` atirgullar.
Oq atirgullar, o`sha oq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog` atirgullar.