Umidaxon - O’zbek futboli qo`shiq matni

Boshingni baland ko’tar,
Har to’siq oson o’tar,
Birga bo’lib yaqinlar,
Qo’llab tursa muxlislar.

O’ngu chapga aniq “pas”,
To’p oldirish kerakmas,
Ishonch ketmay bir nafas,
Yaxshi o’yin ko’rsak bas.

Yangilangan taktika,
Ko’p yildagi tajriba,
Bugun o’zbek futbolida
Hammasi joy-joyida.

Bu yurtda biz bir jamoa,
Hammamiz mustahkam oila,
G’alabaga qani olg’a,
O’zbekiston!

Natija bersin albat
Har bir xavfli vaziyat,
Chempionlik – oliy niyat.

Ishonchga to’la fursat,
Ko’paytirar imkoniyat,
Yutug’imiz kafolat.

Yangilangan taktika,
Ko’p yildagi tajriba,
Bugun o’zbek futbolida
Hammasi joy-joyida.

Bu yurtda biz bir jamoa,
Hammamiz mustahkam oila,
G’alabaga qani olg’a,
O’zbekiston!

Yigirma ikki o’yinchi tayyor,
Shijoati to’la xujumchi ham bor.
Tabloda raqamlar boshlansa noldan,
Kimning qanday mahorati, bilinadi goldan.

Taktika-taktika, tezlik, texnika,
Zarurdir hatto ko’p trenirovka.
Tez oshir ko’proq faqat,
To’p tepish ham bir san’at.

Yangilangan taktika,
Ko’p yildagi tajriba,
Bugun o’zbek futbolida
Hammasi joy-joyida.

Bu yurtda biz bir jamoa,
Hammamiz mustahkam oila,
G’alabaga qani olg’a,
O’zbekiston!
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]