Umidaxon - Xo’p mayli qo`shiq matni
Ataylab o`rilgan bu sochlar,
Bezalgan yuzimni pardozlar,
Oh, sehrli bu nozlar
Bilasan, bilasan kim uchun.
Ataylab o`taman ko`changdan,
Ko`rinarmikan deb diydalar,
Esingdami va`dalar,
Bilasan, bilasan kim uchun.
Mayli xo`p, sochim mani jingalak,
Qalamli qoshim kamalak,
Jonim, bu pardozim sen uchun.
Mayli xo`p, gulli rang-barang
Ro`mol, ko`ylagim qalay?
Jonim, hamma nozim sen uchun.
Kim uchun sho`x sozlar,
Musiqiy parvozlar,
Oromijon ovozlar,
Bilasan, bilasan sen uchun.
Ko`zlarimning nuri,
Pok dilim sururi,
Hayotimning mazmuni
Sen ila, sen bilan, sen uchun.
Mayli xo`p, sochim mani jingalak,
Qalamli qoshim kamalak,
Jonim, bu pardozim sen uchun.
Mayli xo`p, gulli rang-barang
Ro`mol, ko`ylagim qalay?
Jonim, hamma nozim sen uchun. (x2)
Читать также
Комментарии (0)