VIA Karavan - Yangi yil qo`shiq matni

Yangi yil… yangi yil…

Oppoq qorlar, ezgu tulak
Olib kelsin bizga yangi yil,
Shod-xurramlik, quvonchlarga
To’lib kelsin bizga yangi yil.

To’kin bo’lsin dasturxonlar,
Zaminimiz serhosil,
Yurtimizga farovonlik
Olib kelsin yangi yil.

Bong, bong, bong uradi soat, yangi yil,
Tong, tong, tong otguncha kelar yangi yil.
Na-na, na-na-na-na-na, na-na-na-na-na,
Kirib kelar yangi yil, yangi yil!

Hamma xandon, hamma shodon,
Qadah so’zlar bo’lsa turfa xil.
Bong urgancha o’n ikkida
Kulib kelsin bizga yangi yil.

G’animatdir har daqiqa,
Oliy hakam – vaqt odil.
Armonlarni yondirmoq uchun
Yonib kelsin yangi yil.

Bong, bong, bong uradi soat, yangi yil,
Tong, tong, tong otguncha kelar yangi yil.
Na-na, na-na-na-na-na, na-na-na-na-na,
Kirib kelar yangi yil, yangi yil! (x2)

Yangi yil, oh, na-na,
Yangi yil, oh, na-na.
Yangi yil, oh, na-na,
Yangi yil…

Bong, bong, bong uradi soat, yangi yil,
Tong, tong, tong otguncha kelar yangi yil.
Na-na, na-na-na-na-na, na-na-na-na-na,
Kirib kelar yangi yil, yangi yil! (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]