Via Sharq guruhi - Palov qo`shiq matni

Sehr to`la shoh taomda,
Dasturxonim hikmati,
Palov otlig` mo`jizaning
Budir asl sharbati.

Sariq kokil erkatoyim –
Qozonga tush sabzixon,
Sening xushbo`y zirvagingga
Qaynasin butun jahon.

Bag`rimizga marhabo,
Marhabo-yu marhabo,
Na-na-na-na-na-na-na-hey.

Voh-voh palov-palov,
Dil sirdoshidir olov,
Oshpazning mehri bilan
Dunyoga kelar palov. (x2)

Dilginamning rohatisan
Ey, devzira quvvati,
Sen bilar yetilar shirin
O`zbegimning niyati.

Guruchxo`ja dur bo`ldiyu,
Palovxonni damladik,
Ko`k choy usti yoru do`stlar
Bir umrga jonlandik.

Bag`rimizga marhabo,
Marhabo-yu marhabo,
Na-na-na-na-na-na-na-hey.

Voh-voh palov-palov,
Dil sirdoshidir olov,
Oshpazning mehri bilan
Dunyoga kelar palov. (x6)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]