Via Sharq guruhi - Vatan bayrog’i qo`shiq matni

Olqishlab-olqishlab munavvar tongni,
U mayin hilpirab turibdi, qarang.
Bu kez termultirgan jumla jahonni,
Yurtim bayrog`ida porlar to`rt xil rang.

Yashil rang – abadiy ko`klam timsoli,
Bahorni qutlaydi bunda har bir jon.
Bulutlar tutunlar, dog`lardan holi,
Moviy rangda yashnar musaffo osmon.

Azizim, sen haqda yana ne deyin?
Bulbullar to`ldirsin yashil bog`ingni.
Kelajak avlod bizlardan keyin,
Hilpiratib tursin hur bayrog`ingni.

Qizil rang – ko`zga yosh qalqmasin nechun?
Janglarda o`lmagan mangu jondir bu.
Biz bugun kuylagan erk va baxt uchun
Bir zamon to`kilgan qutlug` qondir bu.

Dalalarni quchgan paxta kabi oq,
Vatan bayrog`ida bir rang bor yana.
Mehnatkash xalqimning qalbiday oppoq,
Unda nafas olar oq sut va ona.

Azizim, sen haqda yana ne deyin?
Bulbullar to`ldirsin yashil bog`ingni.
Kelajak avlod bizlardan keyin,
Hilpiratib tursin hur bayrog`ingni. (x1+x1)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]