Vohid Abdulhakim - Ming yil qo`shiq matni
Hayratdan tosh qotgan oq qorlar guvoh,
Tog`larga to`sh urgan oq qorlar guvoh,
Kechikib kelguvchi bahorlar guvoh,
Kelar yo`lingizni poyladim ming yil.
Kelar yo`lingizni poyladim ming yil. (x2)
Shahrizoda aytsin ertaklarida,
Atirgulga baytsiz kurtaklarida,
Muhabbatning ma`yus ertaklarida
Kelar yo`lingizni poyladim ming yil.
Kelar yo`lingizni poyladim ming yil.
Muhabbatning ma`yus ertaklarida
Kelar yo`lingizni poyladim ming yil.
Kelar yo`lingizni poyladim ming yil. (x2)
Gullardan kovush to`qib oyoqlaringizga,
Rayhonlar o`stiray dudoqlaringizga, (x2)
She`rlar aytar bo`lib quloqlarizga,
Kelar yo`lingizni poyladim ming yil. {x2}
She`rlar aytar bo`lib quloqlarizga,
Kelar yo`lingizni poyladim ming yil. {x2}
Hayratdan tosh qotgan oq qorlar guvoh,
Tog`larga to`sh urgan oq qorlar guvoh,
Kechikib kelguvchi bahorlar guvoh,
Kelar yo`lingizni poyladim ming yil. {x4}