Vohid Abdulhakim - Yomg’ir qo`shiq matni
(Bir nafaslik yo`l ekan ikki dunyo orasi,
Ko`z o`ngimdan hech ketmas ko`zlaringni qorasi.
Kuz yaprog`i singari xazonlarga aylanding,
Qiyomatga qoldi-mi, endi diydor chorasi)
Yuzimga tomchilab yog`ardi yomg`ir,
Ichimdagi dardim bilardi yomg`ir. (x2)
Tosh qotgan yurkani o`yardi yomg`ir.
Shu yomg`ir ostida abadiy qolsam,
Yig`larmisiz, azizam, dunyodan o`tsam. (x2)
Ishonmang bu qadar tirikligimga,
Zulmatga ziyodek yorishib ketsam. (x2)
Ertaga qayerdan toparsiz mani,
Xokisor tuproqqa qorishib ketsam. (x2)
Beparvo qaramang, kulyapti-ku deb,
Guldek yashab, guldek ochilib-so`lsam. (x2)
Nogahon esib, qayirsa shamollar,
Qolasiz, xazondek to`kilib ketsam.
(To`kilib ketsam, to`kilib ketsam)
Ishonmang bu qadar mening umrimga,
Shu kunim mazmunli etolsangiz, bas. (x2)
Ertangi kunlarga atalgan mehriz,
Balki, bu kundan so`ng menga kerakmas. (x2)
Yuzimga tomchilab yog`ardi yomg`ir,
Ichimdagi dardim bilardi yomg`ir.
Tosh qotgan yurkani o`yardi yomg`ir
Shu yomg`ir ostida abadiy qolsam,
Yig`larmisiz, azizam, dunyodan o`tsam. (x2)