Vohidjon Isoqov - Eslagin qo`shiq matni

O’rtoqlaring aytganda yor-yor,
Dunyo senga hech bo’lmasin tor. (x2)
So’zlarimga bo’lgin vafodor, {x2}
O’shal kunni bir bor eslagin,
Eslaganda faryod qilmagin.

Bo’lg’usi yor senga boqqanda,
Qo’llaringga uzuk taqqanda, (x2)
Vafodorim, vafodorim, hech qilmang kanda,
Vafodorim, hech qilmang kanda,
O’shal kunni bir bor eslagin.

O’rtoqlaring dasta gul tutsa,
Gulni hidlab, bir bor eslagin. (x2)
Bo’lg’usi yor, bo’lg’usi yor sevaman desa,
O’shal damda-ey bir bor eslagin,
O’shal damda-ey faryod qilmagin.

O’rtoqlaring aytganda yor-yor,
Dunyo senga hech bo’lmasin tor. (x2)
So’zlarimga bo’lgin vafodor, {x2}
O’shal kunni bir bor eslagin,
Eslaganda faryod qilmagin.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]