Vohidjon Isoqov - Yigitchilikda qo`shiq matni
Boshi toshdan bo`lsin erkakning doim, {x2}
Bolasi och qolsa – qiyomat qoyim. {x2}
Xotinning zahridan asra Xudoyim, {x2}
Ko`chaga chiqadi tirikchilikda,
Nimalar bo`lmaydi yigitchilikda. (x2)
Kimgadir quchog`in ochadi bozor,
Kimdir hunar bilar, usta, duradgor. (x2)
Kirakashlik qilar mashinasi bor, {x2}
Kimdir mehnat qilar sherikchilikda,
Nimalar bo`lmaydi yigitchilikda. (x2)
Qancha uzoqlarni yaqin qilasan,
Tuproqni ham elab, oltin qilasan. (x2)
O`zingdan o`tganin o`zing bilasan, {x2}
O`zingdan ketmagin bu to`qchilikda,
Nimalar bo`lmaydi yigitchilikda.
Aslida hayot ham bitta maktabdir,
Hayotni o`rgatar katta maktabdir. (x2)
Ahad shoir izlar, do`stlar, bir tadbir,
Vohidjon ham kuylar sizga bir qo`shiq,
Qo`shiq aytgani yo`q bir sho`xchilikda,
Nimalar bo`lmaydi yigitchilikda. (x2)
Ko`chaga chiqadi tirikchilikda,
Nimalar bo`lmaydi yigitchilikda.
Kimdir mehnat qilar sherikchilikda,
Vo`y, nimalar bo`lmaydi yigitchilikda.