Xo`ja guruhi - Baxt asli qo`shiq matni

Qiziq ekan bu hayotning kamu-ko’sti,
Boylik bo’lsa, ko’p bo’larkan inson do’sti.
Bor kuningda seni maqtar, yo’q kuningda uni axtar,
Topolmaysan, topolmaysan yo’q kuningda.

Bor kuningda seni maqtar, yo’q kuningda uni axtar,
Izlasang ham topolmaysan yo’q kuningda.

Baxt asli bu – soxta do’stning yo’qligi,
Baxt asli bu – yigit ko’zi to’qligi.
Baxt asli bu – or-nomusning oqligi,
Mard do’stlari borlar doim omon bo’lsin. {x2}

Kibirlanma omad kelib, boy bo’lsang ham,
Zo’r bo’lsang ham, osmondagi oy bo’lsang ham.
Hayot yo’li ravon emas, bir kun baland, bir kuni past,
Omadni ham senga bog’lab bergan emas.

Hayot yo’li ravon emas, bir kun baland, bir kuni past,
Omadni ham senga bog’lab bergan emas.

Baxt asli bu – ota-onang borligi,
Baxt asli bu – tanda joning sog’ligi.
Baxt asli bu – tinch zamona chog’ligi,
Baxt qasrini qurganlar sog’-omon bo’lsin. {x2}

Ko’p urinma mol-dunyodan baxt topay deb,
Boy bo’lay deb, Sulaymondek taxt topay deb.
Asli baxting uzoq emas, boylik degani baxt emas,
Ko’plar baxtli ekanini o’zi bilmas.

Asli baxting uzoq emas, boylik degani baxt emas,
Ko’plar baxtli ekanini o’zi bilmas.

Baxt asli bu – oila jamuljamligi,
Baxt asli bu – uyda g’amning kamligi.
Baxt asli bu – yurak xotirjamligi,
Oilasida baxt topganlar omon bo’lsin. {x2}скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Xo`ja guruhi - Baxt asli qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Shahzoda - Hayot ayt qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:26Скачать
Shahzoda - Dunyo qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:25Скачать
Shahzoda - Baxt bo’ladi qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:25Скачать
Rayhon - Orzuingga ishon qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:23Скачать
Xo'ja Guruhi - Baxt Asli | 2015128 kbps18-07-2015, 11:23Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.