Xurshid Rasulov - Birinchi yor qo`shiq matni

Yostig`im bag`rida sochingning tolasi,
Yuragimni qa`rida qalbingning nolasi.
Kechir, men – hayotning nodon bolasi,
Qadringni bilmadim, ey birinchi yor.

Ermakka aylandi so`zlarim endi,
Somondek sarg`aydi yuzlarim endi.
Pinhon kulib ketdi do`stlarim endi,
Men esa yig`ladim, ey birinchi yor.

Bilib tinchimadim nechun sen bilan,
Kengashib yurmadim bag`ri keng bilan.
O`lsam o`lardingku axir men bilan,
Hech vafo qilmadim, ey birinchi yor.

Adashgan bandaman, yo`lin yo`qotgan,
Ko`ngil gulzoridan gulin yo`qotgan.
Umrim o`taverar, tilim yo`qolgan,
Oh, ming azob tingladim, ey birinchi yor.

O`lsam oh urguvchi bir ilhaq onam,
Ortimdan zorlanar qayda deb bolam.
Hijronning qa`rida tosh qotar tanam,
Yashashga ko`nmadim, ey birinchi yor.

Yostig`im bag`rida soching tolasi,
Yuragimni qa`rida qalbing nolasi.
Kechir, men – hayotning nodon bolasi,
Qadringni bilmadim, ey birinchi yor.

Kechir, men – hayotning nodon bolasi,
Qadringni bilmadim, ey birinchi yor.
Men esa yig`ladim, ey birinchi yor,
Qadringga yetmadim, ey birinchi yor.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]