Xushnud - Ikki o’t orasida qo`shiq matni

Ko`z yoshimda
Tanho senga bo`lgan sog`inch namoyon,
Yosh boshimda
Nahot dardlarim ham cheksiz bepoyon?

Lek qoshimda
O`zga gul parvona, u bilmaydi.
Yolg`iz seni
Unga bildirmay sog`inganimni.

Aslo, sen uning holini anglolmaysanku,
Hatto men unga dardimni aytolmaymanku.
Lek qalbim senga intilar
Achinmay menga, ayt nega, nega?

Takror va takror yonaveraman
Ikki o`t orasida yonaman.
Ozor chekiblar qolaveraman,
Unga achinib, seni sevaman.
U menga tinmay mehr ulashar,
Lekin qalbimda abadul abad
Tanho visoling yashar. (x2)

Otabekman Kumushsiz,
Qiynalar Zaynab, esiz.
Unga mehrim berolmam,
Chunki yashayman sensiz.

Go`yo o`tgan kunlarday
Hayotim misli asar.
Yonimda yorim bo`lsa ham,
Qalbim bir seni qo`msar.

Aslo, sen uning holini anglolmaysanku,
Hatto men unga dardimni aytolmaymanku.
Lek qalbim senga intilar
Achinmay menga, ayt nega, nega?

Takror va takror yonaveraman
Ikki o`t orasida yonaman.
Ozor chekiblar qolaveraman,
Unga achinib, seni sevaman.
U menga tinmay mehr ulashar,
Lekin qalbimda abadul abad
Tanho visoling yashar. (x2)скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Xushnud - Ikki o’t orasida qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Tohir Sodiqov - Sog’indimku seni qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:30Скачать
Shohruhxon - Qo’g’irchoq qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:03Скачать
Sahar - Yomg’ir qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:53Скачать
Munisa Rizayeva - Ko’zlarim yana qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:45Скачать
Tohir Sodiqov - Yoz alvido qo`shiq matni128 kbps11-10-2016, 03:19Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.