Yagona - Yurak qo`shiq matni

Sevgi asli beor bo`larkan,
Inson sevsa bedor bo`larkan.
O`ylamasdan ko`ngil qo`yishning
Badalini bir-bir to`larkan.

O`ylamasdan ko`ngil qo`yishning
Badalini bir-bir to`larkan.

Yurak degan lov-lov yonarkan,
Atirgulning bag`ri qonarkan,
Yonib-yonib bir parcha yurak
Bir hovuch kul bo`lib qolarkan. (x2)

O`z qotiling kechib qonidan,
Ketging kelmas ekan yonidan.
Nigohlaring botib qolarkan,
Chiqolmayin uning domidan.

Aqldan ko`z o`zaman derkan,
Jon-taningni buzaman derkan.
Bu zamonda vafo qolmadi,
Sevgi faqat boshingni yerkan.

Yurak degan lov-lov yonarkan,
Atirgulning bag`ri qonarkan,
Yonib-yonib bir parcha yurak
Bir hovuch kul bo`lib qolarkan. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]