Yalla ansambli - Boychechak qo`shiq matni

Boychechagim boylandi,
Qozon to`la ayrondir.
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog`ing vayrondir. (x2)

Qattiq yerdan qazilab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Bola-bola-bola-bola, bola-bola-bola-bola
Boychechak, boychechak.

Boychechagim hillolik,
Hamyon-hamyon tillolik.
Hamma bozor – bir bozor,
Atroflari lolazor. (x2)

Qattiq yerdan qazilab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Bola-bola-bola-bola, bola-bola-bola-bola
Boychechak, boychechak.

Boychechakni tutdilar,
Tut yog`ochga osdilar, (x2)
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar. (x2)

Qattiq yerdan qazilab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Bola-bola-bola-bola, bola-bola-bola-bola
Boychechak, boychechak.

Boychechak, boychechak… (x3)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]